O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03.2025 yildagi “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41-sonli Farmoniga asosan:
2025 yil 1 iyundan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan import xomashyo, material va butlovchi qismlarni bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda “tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirish orqali ularni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2028 yil 1 yanvargacha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning bir foizi miqdorida ular tomonidan ijaraga berilgan yer maydonlari uchun to‘lovni amalga oshirishi belgilandi